08:14 / 06.10.2019
3 333

Saida Mirziyoyeva: matbuot kotiblari OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozim

Saida Mirziyoyeva: matbuot kotiblari OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozim
Foto: Facebook /Saida Mirziyoyeva
4 oktyabr kuni Prezident Adminstratsiya huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi katta majlislar zalida vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar va boshqa yirik davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashgan agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yig‘ilish natijalariga ko‘ra o‘zining rasmiy sahifasida quyidagi postni qoldirdi:

“Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali yoritish uchun nimalar qilish kerak? Prezidentimizning 27 iyunda qabul qilingan hamda O‘zbekiston matbuot xizmatlari uchun ma’lum ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qarorining ijrosi qanday? Bugungi davrda davlat organlari axborot xizmatlari oldida qanday ustuvor vazifalar turibdi?

Foto: Facebook /Saida Mirziyoyeva
Shu va boshqa dolzarb masalalarni bugun Agentligimizda bo‘lib o‘tgan davlat organlari matbuot xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda muhokama qildik. Ishtirokchilar tezkor va xolisona axborotning eng birinchi manbasiga aylanishi, OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozimligini yakdil e’tirof etdi. Shuningdek, matbuot xizmatlarining mamlakatimiz axborot xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashdagi o‘rni xususida so‘z yuritildi.

Foto: Facebook /Saida Mirziyoyeva
Umid qilamanki, matbuot xizmatlari xodimlari kontentni faol shakllantirib, OAV va jamoatchilik, qolaversa, hamkasblari bilan yanada yaqin hamkorlik qilib, zimmasiga yuklatilgan g‘oyatda muhim vazifani samarali bajarishga intiladilar” – deya so‘zlariga yakun yasagan Saida Mirziyoyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: matbuot kotiblari OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozim