17:09 / 06.10.2019
5 515

Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin?

Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin?
Foto: O‘qituvchi kanali
Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizomning 5-bob 15-bandida Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslangan deyilgan. Yillik ish rejasi o‘quv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

Qanday holatlarda o‘qituvchi qo‘shimcha dars o‘tishi mumkin?

O‘qituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi 1 548 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.

17-bandida alohida hollarda xalq ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qo‘shib olib borishga, shuningdek o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi jami ish vaqtining 50 foizidan, ya’ni yil mobaynida 774 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas, ularning mehnatiga soatbay (o‘rindosh) asosida haq to‘lanadi.

18-bandida zarur hollarda istisno tariqasida ehtiyoj yuqori bo‘lgan, jumladan, chekka hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari, shuningdek, ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat ta’lim standartlari talablarini to‘liq bajarish maqsadida o‘qituvchiga bir yarim stavkadan ortiqcha dars (10 soatgacha) berish o‘qituvchi mehnat faoliyati uchun borayotgan umumta’lim maktabining direktori taqdimnomasi asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Bunda, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va maktab direktorlari mavjud vakantlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishi va malakali xodimlar bilan ta’minlanishi uchun ma’sul hisoblanadi.

Demak, zarur hollarda istisno tariqasida ehtiyoj yuqori bo‘lgan maktablarda vakant soatlar mavjud bo‘lsa bir stavkadan ortiqcha ya’ni 10 soatgacha dars qo‘shimcha berishi mumkin, biroq bu o‘qituvchi mehnat faoliyati uchun borayotgan umumta’lim maktabining direktori taqdimnomasi asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin?