14:55 / 07.10.2019
4 436

Oʻzga ayol bilan “ishqiy sahnalari”ni tarqatib yubormaslik 50 ming dollarga baholandi

Oʻzga ayol bilan “ishqiy sahnalari”ni tarqatib yubormaslik 50 ming dollarga baholandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tovlamachilik yoʻli bilan 50 ming AQSH dollarini ishlab olishga uringan bir guruh shaxslarni qoʻlga oldi. Bu haqda departament matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, bir guruh shaxslar B.S. ismli fuqaroning bir ayol bilan ishqiy munosabatda boʻlgan holatini videoga olishga muvaffaq boʻlgan. Ular B.S.dan bu video tarqab ketmasligi uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Jabrlanuvchi tomonidan tovlamachilarga belgilangan summa topshirilayotgan vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzga ayol bilan “ishqiy sahnalari”ni tarqatib yubormaslik 50 ming dollarga baholandi