11:15 / 08.10.2019
3 573

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Toshkent viloyati fermerlari bilan uchrashdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Toshkent viloyati fermerlari bilan uchrashdi
Joriy yil 25 sentyabrda Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka, O‘rtachirchiq hamda Piskent tumanlarida fermerlar xo‘jaliklari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv, mazkur farmonning mohiyati va uning afzalliklariga qaratildi.

Samimiy muloqotda “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, erishilayotgan natijalar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining raisi B. Musayev fermerlarga yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi mumkin ekanligini alohida ta’kidlab, soliq islohotlaridagi yangiliklar hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishning tartibi va afzalliklari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

- Mamlakatimiz davlat byudjetiga tushumning uchdan birini qo‘shilgan qiymat solig‘i tashkil etadi,- deydi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Abdujalil Qurbonov. Ayni paytda viloyatda ixtiyoriy ravishda QQS to‘lashga o‘tishi mumkin bo‘lgan fermer xo‘jaliklar soni 2161 nafarni tashkil etib, ular orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilayotgan qator fermer xo‘jaliklari ham faoliyat yuritib kelimoqda. Farmondan kelib chiqib, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun ketgan xom ashyo tarkibidagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ishlab chiqaruvchi, ya’ni fermerga qaytarib berilganligi fermer xo‘jaliklarining real daromadlari ortishiga imkon yaratib berdi.

Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish hamda uning “aylanish” mexanizmi orqali xo‘jaliklar ko‘radigan foyda, milliy iqtisodiyotimizning o‘sish jarayonlari aniq misollar yordamida ko‘rsatib berildi.

– Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan bo‘lgan muloqotda qo‘shilgan qiymat solig‘i haqidagi tushunchalarimizni yanada kengaydi, ayniqsa ushbu soliqning 20 foizdan 15 foizga pasaytirilganligini eshitib, biz fermerlar nihoyatda quvondik – deydi,O‘rtachiriq tumanidagi “Zeromaks agro biznes” fermer xo‘jaligi rahbari Farhod Isroilov– Aslida ushbu soliq to‘lovi nafaqat qulay, balki xo‘jaliklar iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ham tushundim. Shu bois, bundan buyon qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ahd qildik.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizdagi yangi soliq siyosati va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar tadbirkorlar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq qo‘mitasi raisi Toshkent viloyati fermerlari bilan uchrashdi