11:42 / 08.10.2019
2 630

Yunusobodda Opel avtomobili yonib ketdi

Yunusobodda Opel avtomobili yonib ketdi
Foto: FVV YoXBB
2019 yilning 7 oktyabr kuni soat 12:46 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, “Matonat” mahallasi, A.Qodiriy ko‘chasi 38-A-uy ro‘parasida harakatlanib ketayotgan fuqaro Yu.V. boshqaruvidagi “OPEL” rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAVbilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: FVV YoXBB
Yong‘in oqibatida fuqaro Yu.V.ga tegishli bo‘lgan “OPEL” rusumli avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda Opel avtomobili yonib ketdi