11:43 / 09.10.2019
3 784

Insoniyat evolyutsiyasi haqidagi ommabop nazariyalardan biri rad etildi

Insoniyat evolyutsiyasi haqidagi ommabop nazariyalardan biri rad etildi
Foto: AP
AQShning Yuta universiteti olimlari qilgan xulosaga ko‘ra, odamlar evolyutsiyasi zamonaviy ekotizimdan keskin farq qilgan ekotizimda yuz bergan. Shu tariqa olimlar bugungi odamlarning ajdodlari Afrikadagi Serengeti ekomintaqasidagi sharoitlarga o‘xshash sharoitlarda yashagan, degan talqinni shubha ostida qoldirmoqda. Bu haqda Phys.org xabar berdi.

Tadqiqotchilar Afrikdagi 200 dan ortiq zamonaviy sutemizuvchilar jamoalarining hamda so‘nggi yetti million yil davomida qit’aning sharqiy qismida yashagan 100 dan ortiq qirilib ketgan sutemizuvchilar jamoalarining ma’lumotlarini o‘rganib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, 700 ming yildan oldin yashagan sutemizuvchilar jamoalari bugungi kunda yashayotganlaridan keskin farqlangan. Masalan, o‘txo‘r hayvonlarning turlari juda ko‘p bo‘lgan, biroq kovush qaytaradigan hayvonlar hozirgidek ko‘p bo‘lmagan.

Qadimiy hayvonlar ko‘p miqdorda o‘simlik iste’mol qilgan, bu esa yong‘inlarning keng tarqalishi oldini olgan. Taxminan bir million yil avval jamoalar zamonaviylariga ko‘proq o‘xshashni boshlagan. Bu yaylovlarning quruq iqlim bilan uyg‘un holda tarqalishining natijasi bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, bu kovush qaytaradigan hayvonlarning ko‘payishiga olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Insoniyat evolyutsiyasi haqidagi ommabop nazariyalardan biri rad etildi