12:45 / 10.10.2019
6 027

Er oʻz xotinini nega zanjirband qilganiga izoh berdi (video)

Er oʻz xotinini nega zanjirband qilganiga izoh berdi (video)
Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqaro oʻz xotinini zanjirband qilgani haqida xabar berilgandi.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati “Toshkent” telekanali bilan hamkorlikda ushbu holat tafsilotlarini maʼlum qildi. Xususan, oʻz xotinini zanjirband qilgan er nega bunday yoʻl tutganiga izoh bergan.
Эр ўз хотинини нега занжирбанд қилганига изоҳ берди

Тошкент вилояти Зангиота туманида фуқаро ўз хотинини занжирбанд қилгани ҳақида хабар берилганди. Батафсил: https://xabar.uz/s0q7

Опубликовано «Xabar.uz» Среда, 9 октября 2019 г.

Eslatib oʻtamiz, oʻz uyida bu fuqaro turmush oʻrtogʻining oyogʻini zanjir bilan noqonuniy tarzda bogʻlab qoʻygan. Bu haqda tuman ichki ishlar boʻlimiga murojaat tushgan.

Zangiota tumani IIB xodimlari tezkor oʻrganish maqsadida xonadonga borishgan. Oʻrganish davomida ayol tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi oʻtkazilgan.

Hozir ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er oʻz xotinini nega zanjirband qilganiga izoh berdi (video)