15:05 / 11.10.2019
3 060

213 gramm quyma tillalarni og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

213 gramm quyma tillalarni og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Bojxona organlari tomonidan qonunbuzarlik holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
“Toshkent” xalqaro aeroporti bojxonachilari xorijga uchib ketish maqsadida “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning xatti-harakatlarini tezkor kuzatuvga olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so‘ng ushbu fuqaro zamonaviy skaner qurilmasi yordamida xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda uning qing‘ir rejasi fosh etildi. Qarangki, ushbu shaxs o‘z og‘iz bo‘shlig‘iga umumiy vazni 213 grammni tashkil etuvchi 2 dona quyma tilla bo‘laklarini solib, xorijga uchib ketishni rejalashtirgan ekan.

Ammo, uning bu nayrangi ish bermadi. Qonunbuzardan umumiy qiymati 70 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi quyma tilla bo‘laklari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 213 gramm quyma tillalarni og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi