Joriy yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan «Qipchoq ponton ko‘prigi»dan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil 10 oktyabr kuni soat 11:30 lar chamasida «Cobalt» rusumli avtomashinadan noma’lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daryoga tashlagan. Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqanlar.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi