Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yil 10 oktyabr kuni soat 17:25da Samarqand shahri G.Karimova ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Tolib Orzu Tekstil” MChJga qarashli vatin ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida yong‘inni bartaraf etilishiga beshta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 6 daqiqada yetib borganda, vatin ishlab chiqarish sexining bostirmasi yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Yong‘in soat 18:20da o‘rab olinib, 20:30da bartaraf etilgan. Yong‘indan ishlab chiqarish sexining 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida chiqindilarni yig‘ish ombori bostirmasida saqlanayotgan ikkilamchi xomashyo chiqindilar to‘plami 150 kv. metr maydonda yongan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi