O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14—15 oktyabr kunlari Bokuda bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi.
Sammitda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.
Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Turkiy kengash sammitida ilk bor 2018 yil sentyabrida qatnashgan edi. Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tgan sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi