07:40 / 13.10.2019
3 642

Uchquduqda 5-qavatdagi balkonda 8 yoshli bola osilib qoldi (video)

Uchquduqda 5-qavatdagi balkonda 8 yoshli bola osilib qoldi (video)
Uchquduqda 5-qavat balkonida osilib qolgan 8 yoshli bolani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari qutqardi. Bu haqda Navoiy viloyati FVB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Uchquduq tumanidagi 6-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismiga 9 oktyabr kuni soat 18:28 da fuqaro A.A. qo‘ng‘iroq qilib, tumandagi «Cho‘l-guli» ko‘chasidagi ko‘p qaqvatli uyning 5-qavatidagi balkonda 8 yoshli bola osilib qolgani haqida xabar bergan. Soat 18:31da voqea joyiga 1ta avtoekipaj yetib boradi.

Qutqaruvchilar maxsus surilma narvonni 3 qavatga o‘rnatib, 4 va 5 qavatga ishg‘ol qilish narvonini qo‘yishadi. Shundan so‘ng narvonda bo‘lim boshlig‘i V.Sh.Yuldashev ko‘tarilib, bolani balkon derazasidan uyiga olib kirib, ota-onasiga topshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchquduqda 5-qavatdagi balkonda 8 yoshli bola osilib qoldi (video)