13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon lochin bilan ov qilish maqsadida Dubai Air Wing kompaniyasining Boeing 747 samolyotida Navoiy shahriga uchib keldi. Bu shahzoda uchun an’ana bo‘lib qolgan va u har yili O‘zbekistonga shu maqsadda keladi.
Qayd qilish joizki, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» (AYTAM) joylashgan.
Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amirligining hokimi, Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan.
AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi – O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash, hamda har yili qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborish kabi tadbirlar majmuasidan iborat.
Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi asosan sentyabr-oktyabr oylari hisoblanadi. 2012 yildan shu vaqtga qadar markaz tomonidan tabiatga 10 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirilgan.
Shahzoda Hamdan boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi va bu haqdagi videolavhani Tvitter sahifasiga joyladi.
#Uzbekistan Trip#Fazza pic.twitter.com/34jYp9ohgl
— قروب فزاع (@groupfazza) October 16, 2019
Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Ol Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she’rlar ham yozadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»