08:12 / 18.10.2019
2 795

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga borayotgan fuqarolarni ogohlantirmoqda

Tashqi ishlar vazirligi Singapurga borayotgan fuqarolarni ogohlantirmoqda
Singapur Immigratsiya va nazorat-o‘tish punktlari xizmati 2019 yil 14 avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxs tomonidan mamlakatga kelishidan avval o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi bilan bog‘liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021 yilgacha amaldagi hujjatlarni qog‘oz shaklida to‘ldirish tizimi o‘rnini egallaydi.

Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishidan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to‘ldirishi mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o‘rnatilgan davlatlarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog‘liq jarayonni bekor qilmaydi.

Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishi mumkin.

«TIV konsullik-huquqiy departamenti Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Singapurdagi elchixonasiga +65 6734 3942 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashqi ishlar vazirligi Singapurga borayotgan fuqarolarni ogohlantirmoqda