08:43 / 18.10.2019
3 908

«O‘zstandart» «Borjomi» mineral suvining tegishli talablarga javob bermasligini aniqladi

«O‘zstandart» «Borjomi» mineral suvining tegishli talablarga javob bermasligini aniqladi
Foto: «TASS»
Joriy yilning 8 oyi davomida import mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonida qiymati jami 2,9 milliard so‘mlik 14 turdagi mahsulotning 20 holat yuzasidan me’yorlarga nomuvofiqligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Daryo.uz ashri.

Bu haqda 15 oktyabr, seshanba kuni «O‘zstandart» agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Bunda mahsulotlar qatorida konservalangan no‘xat, nok sharbati, avtomobil shinalari, palma yog‘i, gaz ballonlari va boshqalar bor.

2019 yilda, shuningdek, Xitoydan keltirilgan o‘yinchoqlar, Rossiyadan keltirilgan sirka, Qirg‘izistondan keltirilgan tomat ketchupi, Gruziyadan keltirilgan «Borjomi» mineral suvi, Kanadadan keltirilgan tovuq sosiskalari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan.

Agentlik vakillarining ta’kidlashicha, «Borjomi» suvi bilan bog‘liq holatda uning minerallanganlik (K, Na) va perganmagatning oksidlanish darajasi standart talablariga javob bermaydi.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, mahalliy mahsulotlar orasida ham, xususan, bolalar poyafzali, bolalar o‘yinchoqlari, kolbasa, pishloqlar va muzqaymoqlar orasida nomuvofiqlik holatlari ko‘p uchraydi.

Hozirda mahsulotlarning bojxona postiga kelishidan oldin ularning muvofiqligini baholash tartibi ishlab chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zstandart» «Borjomi» mineral suvining tegishli talablarga javob bermasligini aniqladi