Yashnobod tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 17 oktyabr kuni soat 10:45da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi.
IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan.
Biroq, masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., "Kobalt" rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., "Kaptiva" rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va "Neksiya" rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.
“Hurmatli haydovchilar! Unutmang, zarur bo‘lganda muammosiz to‘xtashga imkon bo‘ladigan tezlikda masofa saqlagan holda harakatlanishingiz kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling! Sizning sog‘lig‘ingiz hamda avtomobilingizning butunligi o‘z qo‘lingizdadir”, - deyiladi IIBB ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi