13:38 / 18.10.2019
3 045

O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri bir necha oyga yopilmoqda

O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri bir necha oyga yopilmoqda
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
1 noyabrdan boshlab “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida piyoda jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati 2020 yil 1 yarmiga qadar to‘xtatiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan qo‘mita tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri bir necha oyga yopilmoqda