14:26 / 18.10.2019
3 325

Toshkentda «Lasetti» haydovchisi YPX inspektorini urib ketdi

Toshkentda «Lasetti» haydovchisi YPX inspektorini urib ketdi
Foto: Videodan kadr
Toshkentda «Lasetti» haydovchisi YPX inspektorini urib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 oktyabr kuni soat 08:00da Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Lasetti» avtomobilining 25 yoshli haydovchisi A.R. ushbu kesishmada yo‘l harakati tartibiga rioya qilinishini nazorat qilib turgan YHXB YPX inspektori, leytenant M.D.ni urib ketgan.
Toshkent shahar IIBB xodimi tan jarohati olgan va kasalxonaga olib ketilgan. Hozir unga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Lasetti» haydovchisi YPX inspektorini urib ketdi