15:20 / 19.10.2019
2 705

Qonunbuzarlardan to‘lovlar to‘liq undiriladigan bo‘ldi

Qonunbuzarlardan to‘lovlar to‘liq undiriladigan bo‘ldi
Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatishga urinish hamda tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o‘zgartirish kabi navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan fosh etildi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari fuqaro R.H. tomonidan salkam 505 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan avtokran vositasining yorliqlaridagi ma’lumot bilan avtomashinaning holati bojxonachilar e’tiborini tortdi va avtotransport vositasi belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

Natijada, mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek 2017 yilda emas, balki 2010 yilda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur postning o‘zida yana bir holatda xorijdan poytaxtimizdagi ikkita korxona nomiga keltirilgan “Kran va qazish moslamasi” hamda “Aerodrom gaz stansiyasi” tovarlariga taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalarida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada bojxona to‘lovlaridan imtiyoz noto‘g‘ri qo‘llanilishining oldi olinib, davlat byudjetiga qo‘shimcha 12,3 milliard so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Shunga o‘xshash holatlarda, mazkur bojxona posti hamda “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan korxona nomiga kelgan tovarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodini noto‘g‘ri tasniflab bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etganligi aniqlandi. Natijada 57,7 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Yana bir holatda, “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan temir yo‘l konteynerida poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan korxona nomiga kelgan tovarlar nazoratdan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlardan ortiqcha bo‘lgan jami 910 kg og‘irlikdagi “Poliuretanli germetik, qotiruvchi” tovarlari borligi aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishi holati natijasida, davlat byudjetiga 8,6 million so‘m bojxona to‘lovlari undirilmay qolishining oldi olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonunbuzarlardan to‘lovlar to‘liq undiriladigan bo‘ldi