13:28 / 19.10.2019
3 186

Samarqandda DSI xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda DSI xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimi A. B. pora bilan qo‘lga tushdi.
Voqelikni huquqni muhofaza qiluvchi organdagi manbamiz tasdiqladi.

Aytilishicha, DSI xodimi xususiy tadbirkorga tamaki va spirtli mahsulotlar bilan noqonuniy savdo qilishi uchun «krishalik»ni taklif etib, evaziga 300 AQSh dollari so‘ragan. Tadbirkor ham anoiy emas ekan: «taklif»ga go‘yoki roziligini bildirib, bu haqda darhol tegishli organga murojaat qiladi. Natijada kuni kecha - 18 oktyabr kuni soliqchi «kelishilgan» pulni olayotgan paytda naqd jinoyat ustida qo‘lga olinadi.

Manbamizga ko‘ra,mazkur holat bo‘yicha DSI xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda DSI xodimi pora bilan qo‘lga tushdi