4 081
Qoidabuzar haydovchi mashinasining jarima maydoniga olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda haydovchining o‘z mashinasini YPX xodimlaridan himoya qilayotgani aks etgan video tarqaldi. IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, videodagi holatlar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 11 oktyabr, juma kuni soat 13:10 larda Andijon viloyati Asaka tumanida sodir bo‘lgan. YPX inspektori tumanning I.Buxoriy ko‘chasida harakatlanib kelgan Nexia-3 haydovchisini yo‘l harakati qoidalarini buzib, belgilanmagan joydan qayrilib harakatlangani uchun to‘xtatgan.
Inspektor tegishli hujjatlarini so‘raganida haydovchi hujjatlarni taqdim qilishdan bosh tortib, YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Bu vaziyatda YPX inspektori haydovchiga hujjatlarni taqdim etmasa, avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga olib borilishi haqida tushuntirgan. Ammo haydovchi avtomobil eshiklarini qulflab olgan.
Shundan so‘ng hodisa joyiga evakuator chaqirtirilgan. Evakuator kelgandan keyingi holat haydovchiga tegishli fuqaro tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan va tasvirga olish jarayonida haydovchi YPX inspektorlariga mavjud hujjatlarini taqdim qilgan.
Haydovchining hujjatlari tekshirilganda YPX inspektori tomonidan 2019 yil 25 avgust kuni rasmiylashtirilgan, vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati o‘tib ketganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi haydovchi ishtirokida vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga olib borilgan.
Bayonnoma bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror ko‘rib chiqilib, haydovchiga nisbatan 223 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan va 14 oktyabr kuni jarima davlat foydasiga to‘lov qilingandan so‘ng avtomobilni jarima maydonidan olib chiqilishiga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?