15:30 / 21.10.2019
1 157

Alimentchi ota chetga chiqishi uchun 41 million so‘m to‘ladi

Alimentchi ota chetga chiqishi uchun 41 million so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Zarafshon shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor A.A.Orazbayevdan undiruvchi M.A.Muratova foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ish yurituvchida mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror chiqarib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 6 oktiyabrdagi 808-sonli “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 41 million so‘m aliment to‘lovlari oldindan to‘lanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini cheklash to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)