10:48 / 22.10.2019
3 332

Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish taklif etilmoqda

Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish taklif etilmoqda
O‘zbekistonda haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish va avtomatik ravishda onlayn jarimani yuborish amaliyotini joriy etish taklif qilindi. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘llarda juda ko‘p fotoradarlar o‘rnatilgan.

“Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yashiringan holda fotoradar qo‘yib tartibbuzar haydovchilarni to‘xtatishadi va protokol tuzishadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ushbu jarayonni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joyida protokol tuzish orqali emas, protokol tuzib, uni ham onlayn rasmiylashtirib, jarimani elektron tarzda yuborish amaliyotini joriy etish zarurligi aytilgan.

Bildirilishicha, bu usul haydovchilar va YHXX xodimlari vaqtini tejaydi, turli noqulayliklar va tortishuvlar oldini oladi.

“Shu sababdan, joyida turib protokol tuzishdan voz kechib, haydovchi fotoradarga tushganda avtomatik ravishda onlayn jarimani yuborish amaliyotini joriy etish (belgilangan jarimani haydovchining yashash manziliga avtomatik tarzda yuborish)ni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish taklif etilmoqda