18:03 / 22.10.2019
3 130

Ohak sexdagi o‘zboshimchalik o‘zini oqlamadi

Ohak sexdagi o‘zboshimchalik o‘zini oqlamadi
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatda o‘tkazilgan monitoring tekshirishda, xususiy korxona rahbari M.G‘ulomov Xo‘jaobod tumani Chiroqchi MFY hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexini ijaraga olib, ushbu sexda diametri 159 mm bo‘lgan tabiiy gaz tarmog‘iga diametri 40 mm bo‘lgan rezina shlang orqali gaz hisoblagichdan tashqari ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, ohak sexi rahbari M.G‘ulomov tomonidan ta’minotchi korxona manfaatlariga 124 mln 689 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan M.G‘ulomovga nisbatan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohak sexdagi o‘zboshimchalik o‘zini oqlamadi