Joriy yilning 27 avgust kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida O‘zbekiston karate milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning lavozimdan ozod etilishiga oid nizo bo‘yicha ish ko‘rilib, tegishli hal qiluv qarori e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, federatsiyaning N. Nafasovni lavozimdan bo‘shatish to‘g‘risidagi 2018 yil 26 sentyabr kungi yig‘ilish bayonnomasi va 2018 yil 27 sentyabr kungi buyruq g‘ayriqonuniy deb topilgan edi.
Bugun, 22 oktyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Karate milliy federatsiyasining shikoyati apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi. Kun.uz nashri xabar berishicha, sudlov hay’ati federatsiyaning shikoyatini rad etish, birinchi bosqich sudining hal qiluv qarorini o‘z kuchida qoldirish haqida ajrim chiqardi.
Sudlov hay’atining mazkur ajrimi Nurxon Nafasov O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi rahbarligidan qonunga zid ravishda chetlatilganini yana bir karra tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Nurxon Nafasov o‘tgan yilning sentyabr oyida vazifasidan chetlatilgach, «O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasining tegishli yig‘ilish qarori va 27.09.2018 yildagi 1-sonli buyruqni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida» fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga murojaat qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?