17:03 / 23.10.2019
3 286

Markaziy bank raisi o‘rinbosari «qora bozor»ga qanday barham berish mumkinligini aytdi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari «qora bozor»ga qanday barham berish mumkinligini aytdi
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy bankda brifing bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, brifing davomida Qonunning yangi tahriri yuzasidan batafsil ma’lumotlar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.

Xususan, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobur Abubakirov valyuta “qora bozori”ga qanday barham berilishi mumkinligini aytdi.

“Mazkur qonun qabul qilinishidan oldin ham valyuta kursi tijorat banklaridagi savdo sessiyalarida belgilangan. “Qora bozor”, noqonuniy faoliyatga administrativ emas, iqtisodiy choralar ko‘rish orqali barham berish mumkin”, - deya Bobur Abubakirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank raisi o‘rinbosari «qora bozor»ga qanday barham berish mumkinligini aytdi