08:15 / 25.10.2019
3 435

O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari oshkor qilindi

O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari oshkor qilindi
Davlat statistika qo‘mitasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilning yanvar—sentyabr oylarida 112 ming 200 ta o‘lim qayd etildi.

Qayd etilishicha, ushbu o‘lim holatlarining 60,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo‘lgan.

Shuningdek, ularning 9,8 foizi — o‘simtalardan, 6,4 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,2 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,4 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,1 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,3 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,7 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,2 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 12, foizi — tug‘ma anomaliyalardan, 2,8 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 foizi — baxtiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,5 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari oshkor qilindi