12:36 / 25.10.2019
2 960

O‘zbekistonda narxlarni chet el valyutasi va shartli birliklarga bog‘lash taqiqlandi

O‘zbekistonda narxlarni chet el valyutasi va shartli birliklarga bog‘lash taqiqlandi
Foto: RIA Novosti
O‘zbekistonda sotiladigan tovarlar narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan.

Qonunning 9-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat bojlari, yig‘imlari va boshqa majburiy to‘lovlar faqat O‘zbekiston Respublikasi valyutasida undiriladi, bundan konsullik yig‘imlari mustasno.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda narxlarni chet el valyutasi va shartli birliklarga bog‘lash taqiqlandi