14:41 / 25.10.2019
3 086

Advokatura institutini rivojlantirish: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi

Advokatura institutini rivojlantirish: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi
Ayni damda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Advokatlar palatasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, GITs Germaniya Xalqaro Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkillashtirilgan “Advokatura institutining rivojlanish konsepsiyasi: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etmoqda. Vazir o‘z kirish so‘zida xorijlik ekspertlarga mamlakatimizdagi advokatura institutidagi eng so‘nggi tendensiyalar, advokatura institutini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, zamonaviy yuridik ta’lim hamda amaliyotning dolzarb masalalari, bu borada xalqaro tajribaning o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Davom etayotgan xalqaro konferensiya ishida davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini isloh qilish, advokatura institutini rivojlantirish kabi mavzularda xalqaro darajadagi mutaxassislarning ma’ruzalari tinglanmoqda. Konferensiya ishi davomida davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini isloh qilish, advokatura institutini rivojlantirish kabi mavzularda xalqaro darajadagi mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama etildi.

Ushbu Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad, advokatura institutidagi eng so‘nggi tendensiyalar advokatura institutini rivojlantirish, mustahkamlash masalalarini muhokama qilish, zamonaviy yuridik ta’lim hamda amaliyotning dolzarb masalalar yuzasidan fikr va xalqaro tajriba almashishdan iborat edi.

Jumladan, ekspertdan “Sanctalex” advokatlik firmasi rahbari Baxrom Salomovning “O‘zbekistonda advokatura: bugungi kuni va rivojlanish istiqbollari”, Rossiya Federatsiyasining Xalqaro Advokatlar (Hamkorligi) uyushmasining X A(H) U vitse prezidenti Sergey Borodin hamda PROON eksperti Olga Shvarsning “Xalqaro standartlar va BMTning shartnomaviy organlari hamda xalqaro tashkilotlarning advokatlar mustaqilligi bo‘yicha tavsiyalari” mavzusida ma’ruzalar tinglandi va xorijiy hamkorlarimizning kelajakda advokatura sohasida tajriba almashish, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va axborot almashuvi hamda o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashinmoqda. Konferensiya ishining asosiy mavzusi hamda yuridik nazariya va amaliyotdagi muammolar yuzasidan mutaxassislarga savollar berib, barcha savollarga yurisprudensiya mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.
Nargiza Kamalova tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Advokatura institutini rivojlantirish: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi