22:30 / 25.10.2019
3 911

O‘zbekistonga rossiyalik turistlar oqimi oshdi

O‘zbekistonga rossiyalik turistlar oqimi oshdi
2019 yilda O‘zbekistonga Rossiyadan keladigan turistlar oqimi 26,5 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonga Rossiyadan 279 ming turist kelgan, joriy yilning shu davri ichida esa 353 ming turist tashrif buyurgan.

Bunda, rossiyalik turistlarning 70 foizi Sankt-Peterburg va Moskvadan kelgan, deb ma’lum qildi qo‘mita raisining maslahatchisi Behruz Hamzayev.
Qo‘mita ekspertlarining fikricha, turistlarni mahalliy o‘ziga xoslik, qadimiy shaharlar va mo‘l-ko‘l hamda arzon mevalar jalb etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga rossiyalik turistlar oqimi oshdi