09:00 / 26.10.2019
2 800

Shavkat Mirziyoyev: «Endi banklar «o‘z aravasini o‘zi tortishi» kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Endi banklar «o‘z aravasini o‘zi tortishi» kerak»
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

Davlatimiz rahbari tijorat banklarining hozirgi holatini tahlil qilib, dolzarb chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Bugungi kunda banklarga qo‘yilgan depozitlarning 70 foizi qisqa muddatli bo‘lgani holda, kreditlarning 90 foizi uzoq muddatga berilgan. Ayrim banklarda joriy xarajatlar daromadga nisbatan 60-70 foizni tashkil etadi.

Shu bois banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Banklarning mijozga yo‘naltirilgan, aholining keng qatlamiga mo‘ljallangan xizmatlarini ko‘paytirish hamda kreditlash tartibini soddalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Onlayn va mobil aloqa orqali xizmat ko‘rsatish, chet ellarda keng tarqalgan «skoring» va avtomatlashtirilgan modulli kredit ajratish tizimini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Banklarning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, biznesga yo‘naltirilgan korporativ boshqaruv tizimi va kuzatuv kengashlarini jonlantirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish orqali xususiy sektor ishtirokini kengaytirish kerakligi ta’kidlandi.

– Endi banklar resurs jalb etish bo‘yicha «o‘z aravasini o‘zi tortishi» kerak. Shundagina bozor sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana oladi, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, Markaziy bank huzurida tashkil etilayotgan Bank xodimlarini qayta tayyorlash korporativ markazi va Toshkent moliya instituti bu borada jiddiy shug‘ullanishi kerakligi aytildi. Bank xodimlarining mijozlar bilan ishlashini rag‘batlantirish, ular faoliyatini samaradorlikka qarab baholash indikatorlarini joriy etish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida «Sanoatqurilishbank»hamda Xalq bankining 2020 yil va istiqboldagi rejalari taqdimoti o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Endi banklar «o‘z aravasini o‘zi tortishi» kerak»