16:50 / 26.10.2019
4 798

Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyatida hukumat rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan viloyat faollari yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boshliqlari ishdan olinishi kutilayotgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlangani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, Zafar Ro‘ziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1994 yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008-2010 yillarda - Samarqand shahar hokimi. 2010 yil 17 dekabrdan 2016 yil 15 dekabrgacha Samarqand viloyati hokimi. 2016 yildan 2018 yilgacha bosh vazir o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - bosh vazir o‘rinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste’mol mollari majmuasi rahbari bo‘lib ishlagan. 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi