17:07 / 26.10.2019
4 981

Qashqadaryoda Qarshi shahri va uchta tuman hokimi ishdan olindi

Qashqadaryoda Qarshi shahri va uchta tuman hokimi ishdan olindi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari ishdan olindi.
Avvalroq, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.

Yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ko‘rib chiqilib, ular ishdan olingan.
Bundan tashqari, Kitob tuman hokimi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahrida Jamshid Fozilov hokim sifatida ishlab kelayotgandi. Prezident 2018 yil dekabrida Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi yakunida o‘tkazilgan videoselektorda Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilovning faoliyatini jiddiy tanqid qilgan, Qarshi shahri «to‘rtligi» jiddiy ogohlantirilgandi.

Jamshid Fozilov
Chiroqchi tumanida esa Rustam Jo‘raqobilov hokim edi. U bu lavozimda 2017 yilning 16 martidan beri ishlayotgandi.

Mirishkor tumanining endilikda sobiq hokimi Ravshan Komilov ham lavozimiga 2017 yilning 16 martida tayinlangan. U bundan avval Chiroqchi tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan.

Ravshan Komilov
O‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan Kitob tumani sobiq hokimi Rustam Sa’dullayev 2017 yil aprel oyida bu lavozimni egallagandi.
Avvalroq, Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda Qarshi shahri va uchta tuman hokimi ishdan olindi