21:51 / 26.10.2019
5 771

Qashqadaryoning sobiq hokimi Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi

Qashqadaryoning sobiq hokimi Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi
Bugun Jizzax viloyati hokimligida tashkiliy masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.

Tashkiliy masalada shu paytgacha Zarbdor tumani hokimi bo‘lgan Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich
Oybek Ashurmatov Zarbdor tumani hokimi sifatida 2018 yil 13 avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Uning o‘rniga tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada 2018 yilning 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xolbutayev Mahmud Parsamatovich Sharof Rashidov tumani hokimi etib tanishtirildi.

Shuningdek, Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada tuman hokimi etib 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoning sobiq hokimi Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi