00:13 / 28.10.2019
2 920

Toshkentda to‘rt qavatli uyning tomi yondi

Toshkentda to‘rt qavatli uyning tomi yondi
Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi xizmati
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar dahasida 4 qavatli uyning tom bo‘g‘ot qismining 70 kv.m. maydoni yondi. Bu haqda poytaxt Yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari hodisa joyiga soat 13:51 da yetib borgan va yong‘in soat 14:06 da qurshab olinib, 14:20 da bartaraf etilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga tomda olovli-ta’mirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi asosiy sabab bo‘lgan. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda to‘rt qavatli uyning tomi yondi