06:40 / 28.10.2019
3 259

Endi chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari to‘lov evaziga ish staji olishi mumkin

Endi chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari to‘lov evaziga ish staji olishi mumkin
Xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ham endilikda pensiya to‘lanishi mumkin. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Pensiya jamg‘armasiga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar hamda joylarda aholi bilan o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda bildirilgan taklif va e’tirozlarni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 889-son qarori bilan, «Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovlari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2016 yil 22 fevraldagi 46-son Qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizomining 9-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Ushbu o‘zgarishga asosan, endilikda chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar (yagona ijtimoiy to‘lov)ni amalga oshirish orqali ish stajiga ega bo‘lishlari mumkin (avvalgi tartib bo‘yicha ushbu muddat uch oyni tashkil etar edi).

Ya’ni, chet elda ishlagan fuqaro chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi O‘zbekiston respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi va bir yillik davri uchun hisoblash bazaviy miqdorining 4,5 barobari (223000 x 4,5 = 1 003 500 so‘m) miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov amalga oshirish orqali bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu ish stajlari kelgusida pensiya hisoblashda inobatga olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari to‘lov evaziga ish staji olishi mumkin