14:50 / 28.10.2019
2 963

Namanganda qariyb 100 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-taroj qilgan «Agrobank» xodimlari qo‘lga olindi

Namanganda qariyb 100 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-taroj qilgan «Agrobank» xodimlari qo‘lga olindi
Namangan viloyatidagi «To‘raqo‘rg‘on A.T.» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari «Agrobank» filiali bo‘lim boshlig‘i bilan til biriktirib, salkam yuz million so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsudinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «To‘raqo‘rg‘on» MChJning 1981 yilga tug‘ilgan G‘.T. ismli rahbari «Agrobank» To‘raqo‘rg‘on filialining 1990 yilga tug‘ilgan N.E. ismli bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda 4 nafar fuqaroning nomiga jami 99,2 million so‘m kredit mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida rasmiylashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi («O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish») 2-qismi «b», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda qariyb 100 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-taroj qilgan «Agrobank» xodimlari qo‘lga olindi