06:00 / 29.10.2019
7 925

Itlar nima uchun insonlarni bunchalik yaxshi ko‘rishini bilasizmi?

Itlar nima uchun insonlarni bunchalik yaxshi ko‘rishini bilasizmi?
Itning insonlarga bo‘lgan muhabbatining asosi bo‘rilarning genlardagi odamiylikka ta’sir qiladigan mutatsiyasiga borib taqaladi. Ko‘pgina manbalarga qaraganda, ota-bobolarimiz bugungi kundagi biz bilgan zamonaviy itlarning ajdodlari bilan ilk bora uchrashganda, bo‘risimon itlarning ba’zilari insonga do‘stona munosabatda bo‘lib, boshqalariga qaraganda odamlarni ko‘rganda "uraa, odamlar" deydigan turidan edilar.

Aynan shu turlarini biz hozirda eng qadrdon do‘stlarimiz sifatida uyda boqamiz. Ularning qolganlari esa "Bo‘g‘izla, odamni" deydigan turlari bo‘lib, ular osib o‘ldirilgan va kichkinalari o‘rmonlarda qolib ketishgan. "Ura, odamlar" deydigan bo‘rilar, ehtimol gen mutatsiyasiga uchragan bo‘lib, ularning bo‘rilarga o‘xshaydigan odatlari kamayib borgan. Ushbu bo‘rilarning mutatsiyaga (o‘zgarishga) uchragan so‘nggi avlodlari hozirda biz bilgan laycha itlardir.

Ilm-fandagi so‘nggi yangiliklar shuni isbotlaydiki, itlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar sevgi gormoni deb atalgan oksitotsin tufayli yuzaga keladi. Bu garmon nafaqat insonlarda, balki itlarda ham ishlab chiqarilar ekan.

"Albatta itlar o‘z egalarini yaxshi ko‘rishadi!"- deya izoh beradi hayvonlarning xarakteri bo‘yicha mutaxxassis Emi Shojay. "Oksitotsin gormoni (itlarda ham, odamlarda ham) ular yoqtirgan insonlari bilan aloqa qilganda ishlab chiqariladi. Bu "sevgi gormoni" biz va itlarimiz o‘rtasidagi mehr-muhabbatni kuchaytiradi, shuningdek bu mehr ona itlardan farzandlariga ham o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Itlar nima uchun insonlarni bunchalik yaxshi ko‘rishini bilasizmi?