19:56 / 28.10.2019
5 904

Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgan 15 yoshli o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgan 15 yoshli o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qashqadaryoda 15 yoshli o‘quvchining jasadi kanaldan topildi» mavzusidagi xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 19 oktyabr kuni Qarshi tumani, «Xoniyon» MFY, Yuksalish ko‘chasida yashagan voyaga yetmagan 15 yoshli R.A. Qarshi bosh kanalining «Dasht» qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismidagi ko‘prikdan suvga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan ishga aloqador 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va ishchi-xodimlaridan hamda o‘quvchilardan tushuntirishlar olingan.

Aniqlanishicha, o‘quvchi R.A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh qilganidan so‘ng, R.A. maktabdan yugurib chiqib ketib, kanal tomonga ketganligi, sinfdoshlari esa uning orqasidan borganligi va R.A.ni uzoqdan o‘zini kanalga tashlaganini ko‘rishgan. O‘sha kuni R.A.ni hech kim urib haqorat qilgani aniqlanmagan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish davomida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgan 15 yoshli o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi