19:33 / 28.10.2019
3 362

Kam ta’minlangan fuqarolarga ko‘rsatilgan yana bir sahovat

Kam ta’minlangan fuqarolarga ko‘rsatilgan yana bir sahovat
Xalqimizda “Savob ishni xar kuni, har doim qilish kerak” degan purma’no naql bor. Bugun ochiq tan olish kerak oramizda shunday odamlar borki, ularga har qancha yaxshilik qilsang kam. Ommaviy axborot vositalari yoki internet tarmoqlarini kuzatar ekanmiz kun ora falonchi kam ta’minlangan oilaga yordam qo‘lini cho‘zibdi, falonchi boquvchisini yo‘qotgan xonadonni uyini ta’mirlab beribdi kabi xabarlarga duch kelamiz. Mana shunday saxovatpesha xalqimiz bor ekan hech bir oila mehr va e’tibordan chetda qolmaydi.

Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi organlari oldida turgan muhim vazifalardan biri foydalanilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishdan iborat. Shu maqsadda xududlarga biriktirilgan davlat inspektorlari har bir iste’molchi bilan kunlik muloqot jarayonlarida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratgan. Biroq, ayrim hollarda shunday oilalar borku, ular oyma oy foydalangan ne’matlar uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lashga qo‘llari kaltalik qiladi.

Byuro tashabbusi bilan ana shunday oilalarga yaqindan yordam berish maqsadida ezgu tashabbus bilan chiqdi. Ya’ni, mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalar holidan xabar olib, kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorliklarni saxovatpesha insonlar yordamida bartaraf etishmoqda.
U.Mahmudov Chortoq tumanining “Dilshod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Oilaviy ahvoli, sharoiti og‘ir. Kundalik ro‘zg‘ori, tirikchiligi amal-taqal o‘tib turibdi.

Shundanmi oyma oy elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi to‘planib qolgan. To‘lay desa yetarli mablag‘i yo‘q. Davlat inspektorining 28 oktyabr kuni soat 18-20 lardagi xonadonga tashrifi oila a’zolarini behad quvontirdi, ya’ni hududda istiqomat qiluvchi sahovatpesha fuqaro uning elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini to‘lab berdi. Xonadon egalariga to‘lov kvitansiyasi taqdim etildi.

Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan savobga yo‘g‘rilgan tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kam ta’minlangan fuqarolarga ko‘rsatilgan yana bir sahovat