14:30 / 29.10.2019
2 189

Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Turkiya aviatashuvchisi vakillarining 8 oy davomida o‘z yechimini kutayotgan masalasi O‘zbekiston va xorij davlatlari shaharlari o‘rtasidagi aviatashuvlarni oshirish yo‘lida ko‘rilgan choralar hamda «Uzbekistan Airports» AJ sa’y-harakatlari bilan hal bo‘ldi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida masala ijobiy hal bo‘ldi hamda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi.

Ma’lumot uchun: «Atlasglobal» (2015 yilgacha «Atlasjet Havacılık A.Ş» deya yuritilgan) — Turkiyaning Yevropa va Osiyo, shuningdek mamlakat ichida muntazam va charter yo‘lovchi aviatashuvlarini amalga oshiruvchi aviakompaniyasi. «ETS Group»ga tegishli ushbu aviakompaniya Istanbuldagi yangi aeroportda joylashgan bo‘lib, Dalamanda qo‘shimcha xabga ega.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya aviakompaniyasi jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek din arboblari va olimlarni jalb qilgan holda ikki charter reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. «Atlasglobal» O‘zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi ko‘magida 31 oktyabr – 4 noyabrda Istanbul-Buxoro va Samarqand-Istanbul yo‘nalishidagi birinchi charter reysini amalga oshiradi.

«IATA summer 2020» yoz mavsumidan boshlab esa «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 aviareysni amalga oshirish rejalashtirilgan, buning natijasida esa O‘zbekistonga 10 mingdan ziyod sayyohning tashrifi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi