19:33 / 29.10.2019
2 758

MIB faoliyatidan: ehtiyojmand oilaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligiga homiy ko‘mak bo‘ldi

MIB faoliyatidan: ehtiyojmand oilaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligiga homiy ko‘mak bo‘ldi
Fuqaro A.Sobirov Namangan shahrining Orzu mahallasi Yangiobod ko‘chasida istiqomat qiladi. Ushbu oila ro‘zg‘orini amal-taqal o‘tkazib kelishmoqda. Shundanmi har oy foydalanilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga imkoni yo‘q.

Xududga biriktirilgan davlat inspektori har gal oilaning ahvolini ko‘rib, ha mayli keyingi safar deya ketadi. Byuro tashabbusi bilan aynan aholining ushbu qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli mazkur xonadon a’zolarining quvonchi olam-olam bo‘ldi.

Ya’ni, Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi davlat inspektori tomonidan kuni kecha mahalla faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishi, ushbu oilaga yordam ko‘rsatilishi haqidagi fikr-mulohazalari besamar ketmadi. Bugun mazkur oilaning tabiiy gazdan bo‘lgan 700 ming so‘m qarzdorligi homiylik asosida to‘lab berildi.

- Bugun xonadonimizga ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rlik tufayli ko‘ngilimiz tog‘dek ko‘tarildi. Shu to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorlikni qanday bartaraf etsam deb o‘ylab yuruvdim, MIB Namangan shahar bo‘limi ko‘magi bilan saxovatpesha insonlar yordamida qarzdorlik bartaraf etilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz, - deydi Sobirov.
Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan shu kabi saxovat tadbirlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: ehtiyojmand oilaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligiga homiy ko‘mak bo‘ldi