20:23 / 29.10.2019
3 169

Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 29 oktyabr kuni soat taxminan 00:45da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un MFY hududida “Kamaz” rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Natijada 4 nafar fuqaro jarohatlangan.

Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. 1990 yilda tug‘ilgan A.D. voqea joyida vafot etgan.1993 yil tug‘ilgan N.A. ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan vafot etgan.

Qolgan ikki nafar fuqaro: 1987 yil tug‘ilgan A. D. “Bosh miya yopiq jarohati, tananing kompulaksion sinishi” tashxisi hamda 1990 yilda tug‘ilgan N.G. “Bosh miya yopiq jarohati, chap chanoq peshona yuz, ikkala qo‘l kaft va tizza sohalari ezilgan va shilingan jarohati” tashxisi bilan og‘ir ahvolda Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Ularga zamonaviy davolash standartlari asosida tezkor va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi