06:00 / 30.10.2019
3 023

Kameralarni chalg‘itish uchun mashinasi davlat raqamini bo‘yagan haydovchiga chora ko‘rildi

Kameralarni chalg‘itish uchun mashinasi davlat raqamini bo‘yagan haydovchiga chora ko‘rildi
Toshkentda avtomobilining davlat raqamiga o‘zgartirish kiritgan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

28 oktyabr kuni soat 22:09 da «IIBB: Aholi bilan muloqot» Facebook guruhiga poytaxt haydovchilaridan biri avtomobilining davlat raqamini qisman bo‘yab qo‘yganligi haqida xabar kelib tushdi. Ushbu o‘zgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib bo‘lmaydigan holga kelgan. Ushbu xabar darhol Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlariga yetkazildi.

29 oktyabr kuni soat 10:45 da avtomobil topildi, transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi YPX inspektori tomonoidan qayd etilib, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismi bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirildi.

Joriy qonunchilikda davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

KIA Optima rusumli avtomobil (davlat raqami 01 B 228 EB) haydovchisi 38 yoshli jizzaxlik Roman Ye. ekanligi ma’lum bo‘ldi. U avtomobilni ishonchnoma bo‘yicha boshqargan. Forobiy ko‘chasida topilgan avtomobilning tekshiruvi davomida davlat raqami belgilariga o‘zgartirish kiritilganligi fakti aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, ushbu transport vositasi jarima maydonchasiga joylandi.

«Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalari buzilishi sog‘lig‘ingiz va hayotingiz uchun xavflidir. Ushbu faktni anglab yetishingiz kerak. Davlat raqam belgilarini bo‘yab mas’uliyatdan qochishning foydasi yo‘q. Unutmang, siz yo‘l harakati ishtirokchisi sifatida nafaqat o‘zingizning, balki yo‘lovchilaringiz va yaqin atrofdagilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarsiz», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kameralarni chalg‘itish uchun mashinasi davlat raqamini bo‘yagan haydovchiga chora ko‘rildi