21:15 / 30.10.2019
3 455

Yana go‘shtmi?.. Olimlar atrof-muhit va inson salomatligi uchun eng zararli mahsulotni aniqlashdi

Yana go‘shtmi?.. Olimlar atrof-muhit va inson salomatligi uchun eng zararli mahsulotni aniqlashdi
Atrof-muhitga eng salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ham, erta o‘limga olib keladigan ham go‘sht deb yozmoqda BFM. Hamkorlikda tadqiqot o‘tkazgan britaniyalik (Oksford universiteti) va amerikalik (Minnesota universiteti) olimlar shunday xulosa berishdi.

Hamkorlar 15 xil oziq-ovqat mahsulotini tekshirib chiqishdi. Diabet, ovqat hazm qilish tizimi saratoni, yurak ishemik kasalliklari, insultga olib keluvchi 15 xil global omilning 9 tasi aynan ovqat sifatiga bog‘liqligi ayon bo‘ldi.

AREI indeksi yordamida aynan qaysi mahsulotlar inson salomatligi va ekologiyaga ko‘proq zarar yetkazishini ham aniqlashga urinib ko‘rishdi (Ushbu indeks besh ekologik ko‘rsatkichni porsiyalarga taqsimlangan holda oziq-ovqat mahsulotlarining atrof-muhitga o‘rtacha nisbiy ta’sirini ko‘rsatadi).

Eng salbiy ta’sir ishlanmagan qizil go‘shtga taaalluqli bo‘lib chiqdi — bir porsiyaga 75 birlik, ishlov berilgan go‘shtda esa ko‘rsatkich 37 birlikka teng.
Erta o‘lim xavfini tug‘diruvchi mahsulotlar ro‘yxatiga kirgan baliq AREI indeksida (ekologik jihatdan) bir porsiyaga 14 birlik ko‘rsatkichiga ega.

Inson salomatligini yomon tarafga og‘diruvchi mahsulotlar ro‘yxatida baliq bilan qatorda parranda go‘shti, sut mahsulotlari va tuxum joy olgan.
Salbiy ta’siri eng kam (bir porsiyaga 4 birlik) mahsulotlar — donli ekinlar, meva-sabzavotlar, yong‘oqlar va zaytun yog‘i.

Ushbu tadqiqot mualliflari don mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yong‘oqlar, dukkaklilar, baliq va zaytun yog‘i kabi to‘yinmagan yog‘li mahsulotlarni iste’mol qilib, ham salomatlikni, ham ekologiyani yaxshilashga chorlashyapti. Va aksincha, ko‘p go‘sht yeyish yaramaydi!..

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana go‘shtmi?.. Olimlar atrof-muhit va inson salomatligi uchun eng zararli mahsulotni aniqlashdi