31 oktyabr kuni erta tongda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirdi.
Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligining qator mutasaddi tashkilotlari vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Charter reysning ilk yo‘lovchilari turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlarini o‘zida jamlagan.
Turkiyadan qariyb 25 nafar turoperator va 100 ga yaqin mehmon bilan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysida parvozni amalga oshirdi.
Ayni damda, turkiyalik mehmonlar Buxoro viloyatining qadimiy hamda diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Navbatdagi charter reys 4 noyabr kuni Istanbul-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi