15:07 / 01.11.2019
3 498

Banklarda ish haqi to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi

Banklarda ish haqi to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda tijorat banklarining xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bonusli tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.

Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilandi:
- kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;
- tijorat banklarining boshqaruv, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to‘lashning bonusli tizimini joriy etish;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, o‘qitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini ta’minlash;
- tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqaruv xodimlarini, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
- o‘qiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;
- bank mutaxassislari, o‘qituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy banklarda va ta’lim muassasalarida o‘qitish hamda stajirovkadan o‘tkazish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Banklarda ish haqi to‘lashning yangi tizimi joriy etiladi