17:12 / 01.11.2019
3 798

Yulduz Usmonova o‘zbek migrantlari haqida: «Ular o‘g‘irlamaydi, tilanchilik qilmaydi. Ular pul ishlab topishadi» (video)

Yulduz Usmonova o‘zbek migrantlari haqida: «Ular o‘g‘irlamaydi, tilanchilik qilmaydi. Ular pul ishlab topishadi» (video)
O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova OAVga bergan intervyusida Rossiyada, xususan Moskvada mehnat qilayotgan o‘zbek muhojirlari haqida gapirdi, deya xabar qildi Everyday.uz nashri.

“Mening o‘ylashimcha har bir inson o‘z vatanini sevishi kerak. O‘shanda sizda har qanday kasbda ijod bo‘ladi. Vatanni sevish kerak, o‘z xalqidan uyalmaslik kerak.

Men Moskvaga kelganimda “o‘zbeklar bizning ko‘chalarimizni supurishyapti, shularmi sizning tinglovchilaringiz?” deb so‘rashdi. Men ularga “Ha, shular mening tinglovchilarim. Ular o‘g‘irlamaydilar, odam o‘ldirmaydi, o‘zgalar ustidan kulmaydi, tilanchilik qilmaydi. Ular pul topadi” dedim. Mana shular bizning xalqimizga xos xususiyatlar. Men shu xalqning tomchisiman. Meni ulardan ajratib bo‘lmaydi”, – dedi Usmonova o‘z intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonova o‘zbek migrantlari haqida: «Ular o‘g‘irlamaydi, tilanchilik qilmaydi. Ular pul ishlab topishadi» (video)