23:50 / 01.11.2019
4 263

Avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasiga Oliy sudda tashkil etilgan ishchi guruh nuqta qo‘yadi

Avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasiga Oliy sudda tashkil etilgan ishchi guruh nuqta qo‘yadi
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari va haydovchilar o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘layotgan avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasini Oliy sudda tashkil etilgan ishchi guruh o‘rganib chiqadi. Bu haqda 31 oktyabr, payshanba kuni IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Avvalroq Buxoro shahar ma’muriy sudi avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasida haydovchi foydasiga qaror chiqargan edi. Sud qaroridan norozi bo‘lgan Buxoro IIV YHHB viloyat ma’muriy sudida bo‘lib o‘tgan kassatsiya tartibidagi majlisda o‘z vajlarini isbotlab bera olmagan va yutqazgan. Xuddi shu kabi masala yuzasidan Farg‘onaning Toshloq ma’muriy sudi va Samarqand shahar ma’muriy sudi ham haydovchilarga solingan jarimalarni bekor qilish haqida qarorlar chiqargan.

Shundan so‘ng IIV avtomobil orqa yon oynalariga parda tutuvchi normani qonunchilikka aniq-tiniq kiritishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasi taqdim etgan edi. Bu holatni, jumladan, Oliy Majlis Qonuchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev shunday baholagan edi: «Biz haqmiz, degan da’vosi aslida noto‘g‘ri bo‘lib, endi so‘zda sobit turish uchun qaysarlik bilan qonunni o‘zgartirishmoqchi».

31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda «Daryo» muxbiri mashinalarning orqa yon eshiklariga parda o‘rnatish masalasidagi tushunmovchiliklarga qachon nuqta qo‘yilishi haqida savol bilan IIV mutasaddilariga murojaat qildi. Bunga javoban polkovnik Erali Bozorov parda mojarosiga yakuniy nuqta qo‘yadigan ishchi guruh tashkil etilganini ma’lum qildi.

- Bu masala bo‘yicha uch-to‘rt oydan buyon shug‘ullunib kelyapmiz. Kuni kecha Oliy Sudda IIV, Bosh prokuratura, «O‘zstandart» va Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasi muhokama qilindi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Ishchi guruhga ushbu muammoli vaziyatni o‘rganib chiqish va ishni oxiriga yetkazish topshirig‘i berildi. Yakuniy xulosa bo‘yicha yana qo‘shimcha axborot beramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasiga Oliy sudda tashkil etilgan ishchi guruh nuqta qo‘yadi