15:10 / 02.11.2019
4 176

Qo‘qonda ota-bola yaqin qarindoshini o‘ldirib, hovliga ko‘mib yuborgani aniqlandi

Qo‘qonda ota-bola yaqin qarindoshini o‘ldirib, hovliga ko‘mib yuborgani aniqlandi
Qo‘qon shahrida qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shaharning Quduqlik ko‘chasida yashovchi A.X. (2000 y.t.) otasi Yo.X. (1972 y.t.) bilan birgalikda tog‘asi A.A.ni janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirdirishadi. So‘ng murdani yashash xonadoni hovlisiga ko‘mib tashlashadi.

Voqelik shu yilning 19 oktyabr kuni yarim tunda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Kecha — 1 noyabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan A.X va Yo.X.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani e’tiborga olinsa, qotillik o‘n uch kunda fosh etilgani oydinlashadi. Jinoyat o‘ta og‘irligi va murakkabligidan kelib chiqilsa, uning ikki haftaga yetmay fosh etilgani chakki ko‘rsatgich emas.

Ota-bola ayni paytda hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda ota-bola yaqin qarindoshini o‘ldirib, hovliga ko‘mib yuborgani aniqlandi